В данной статье в текстах корейских классических повестей, рассматривается концепт «добро» и «зло» как универсалия человеческого мышления в терминах когнитивной лингвистики, раскрывается его содержательная характеристика на основе материала корейских повестей.
Ishda badiiy asar tahlili bosqichlari hamda adabiyot darslarida hikoyalarni tahlil qilish matnni o‘qish jarayonida satrma-satr savollar berish orqali tushunib borishning afzalliklari haqida so‘z yuritilgan. Tajriba sifatida Legston Hyuzning “Rahmat sizga, xonim” hikoyasi asosida o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlarining mazmuni bayon etilgan.
В статье приведены результаты исследований проблем сохранения памятников архитектуры Узбекистана. Показаны методы восстановления архитектурных памятников (реставрация, реконструкция) и их назначение, определено, что единственным методом разрешения проблем реставрации является международное сотрудничество.
Отдельная роль числа отражается в различных семантических изменениях, интерпретациях, которые происходят в соответствии с основным лексическим значением языковых единиц, и в научной литературе обозначается термином "культурные коннотации". Наличие этих же коннотаций, воплощенных в коллективном языковом сознании, дает возможность отличить логическое понятие от коннотации культурного явления. Известно, что с подъемом чисел, переходом на следующую строку важность чисел в языковой культуре также постепенно снижается. Только некоторые десятичные числа и числа, выходящие за пределы десятичной системы, являются культурно значимыми и широко употребляемыми и начинают выражать коннотативное значение. В китайском языке также только некоторые числа выше десятичноого порядка, имеют символическое и переносное значение.
Maqolada bolalar muloqotning psixologik-pedagogik psixologik xususiyatlari va ular muloqotning rivojlantirish usullari va olimlar qarashlari berilgan.
Maqolada badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, san’atkor uslubi borasidagi mulohazalar ilgari suriladi. Badiiy asar yozib bo‘lingach, kitobxon hukmiga havola etiladi. Matnni o‘qish, uqish jarayonida kitobxon qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Badiiy matnni mutolaa qilish, ma’nolar mahzanini idrok aylash kitob muhibidan ma’lum tayyorgarlikni taqozo etadi. U aqlu zakovati, hissiyot olami bilan asar dunyosi asrorini kashf etib boradi. Kitobxon voqealar silsilasini kuzatadi, adabiy qahramon qiyofasi, portretini tasavvur qiladi, ruhiyat iqlimini his etib boradi.
Adabiy jarayonda ijodkor shaxsiyati va iste’dod tabiati, so‘z san’atining mohiyati bashariy qadriyat maqomida o‘rganiladi. Ijodkor shaxsiga, badiiy adabiyotga estetik tuyg‘u nuqtai nazaridan yondashish kuzatiladi. Badiiy, estetik tafakkur masalalarini go‘zallik, ezgulik singari qadriyatlar, shakl va mazmun birligi, adabiy janrlar xilma xilligi hamda uslubiy yo‘nalish, badiiy til, ifoda vositalari nuqtai nazaridan o‘zlashtirish, xulosalar chiqarish adabiy jarayonning tabiiy ehtiyojiga aylandi.
Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni ularda hosil qilishga yordam beradi. Bu dasturda qatnashish, testlarni o‘tkazish yoki o‘quvchilarni testga tayyorlash emas, bugungi kun talablariga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni nazarda tutadi.
Данная статья посвящена числительным китайского языка. Известно, что числительные используются не только в науке, но и в быту. Использование Начало употребление чисел связано с эпохой древнего Китая. В статье описаны “иньские письма”, которые считались гадательными надписями. Кроме того, изучены и приведены примеры из научных трудов русских авторов и ученых мира.
Данная статья посвещается омонимии в китайском языке и словаре Кураиси, который был создан японским профессором Т. Кураиси.В общем Яязыкознании широко применяется методика изучения омонимии на материале словарей.Материалом для исследования количественного состава и характера омонимиов послужил словарь “Иванами Тю: гокуго дзитэн”-фонетический китайско-японский словарь,выпущенный издательством “Иванами” в Токио в 1972 году, объёмом 37 тыс. слов. В статье подробно даётся характеристика данного словаря и учитывается мнение, что словарь может быть использован как материал в различных исследованиях по слову китайского языка.
Maqolada muloqotning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari va bolalar muloqotini va shaxsi shakllanishida tengdoshlari bilan munosabati borasida ma’lumotlar berilgan.
Mazkur maqolada badiiy asar strukturasida sarlavhaning ahamiyati xususida mulohaza yuritiladi. Asar sarlavhasida muallif g‘oyaviy,estetik qarashlarining namoyon bo‘lishi yoritiladi. Ma’no nuqtalarining yaxlitlik kasb etishi mohiyatni aniq ravshan anglatish imkonini berib, asar estetik quvvatini oshiradi. Sarlavhada tabiatdagi unsurlar nomi vositasida ramziylik, ishoraviylik ortib boradi. Badiiy muloqotga kirishayotgan san’atkor kitobxonga ma’lum axborot, yangilikni yetkazibgina qolmay, uni ijodiy yondashuvga chorlashi darkor.
Tarkibdagi ilk semiotik markaz sarlavha bo‘lib, unda muallif g‘oyasi, konsepsiyasi jo bo‘ladi. Sarlavha ilk taassurot, muallif hamda kitobxonning ruhiy muloqoti debochasi. San’atkorlar borlig‘i, iste’dodi, ijodiy niyatini baholash shu lahzadan boshlanadi. “Yur, tog‘larga ketamiz”, “Qoyalar ham yig‘laydi”, “Saodat sohili” kabi qissalar maskan nomi bilan quvvatlanadi. Makon tasviri estetik zavq beribgina qolmay, shu maskan bilan bog‘liq asosiy voqea, kalitga ishora beradi.
Ilk jumla muloqotning ibtidosi, qahramon hamda kitobxonning g‘aybona uchrashuvi, kompozitsion sathning muhim belgisi. Keyingi holatu vaziyat, dialogu monolog debochasi. Mavzu, muammolar borasidagi ilk taassurot, bu keyingi bosqichga ko‘tarilish, faollikni jadallashtirish jarayoni. Qissada epigraf poetik mazmunni umumlashtirish, badiiy niyatni uqishda muhim sanaladi. Muallif yoritayotgan masalaga doir zarur ko‘chirma (she’r, hikmat, maqol, hadis kabi)ni kiritib, g‘oyaviy, hissiy salmoqdorlikni oshiradi. U asosiy ma’noni o‘zida jo aylagani, qahramon holatini asoslashi, fikrni tasdiqlashi bilan e’tiborni tortadi.
Ushbu maqolada o‘zbek tilining korpusini yaratishda xususiy korpuslar asos vazifasini bajarishi haqida so‘z yuritilgan. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarining xususiy korpusini yaratish lingvistik jihatdan o‘rganilgan.